Xonqalik ishbilarmon ayollar: mahalladan eksportgacha
O‘zLiDeP tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Xonqa tumanida faol tadbirkor xotin-qizlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nodira Sultanova va partiya mas’ullari ishtirok etib, tadbirkor ayollarning faoliyati bilan tanishdi.
“Jannatmakon” mahallasida yashovchi Dilafruz Bekjanova rahbarlik qilayotgan “Marjona tekstil” korxonasida bolalar kiyimlari ishlab chiqarilib, 70 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan. Korxona o‘tgan yili 150 ming dollarlik mahsulotni Rossiyaga eksport qildi.
“Gulg‘uncha” mahallasidagi Mohirabonu Ishonova “Banoffe cake” brendi ostida shirinliklar ishlab chiqarib, 6 nafar ayolni ish bilan ta’minlagan. “Vatanparvar” mahallasidagi Shahzoda Olimova esa “Shahzoda cooking” oilaviy korxonasida 30 turdan ortiq shirinliklar tayyorlamoqda.
Tadbirkor ayollarga mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi. Tanlov natijasiga ko‘ra, ushbu uch nafar tadbirkor tuman bosqichiga yo‘llanma oldi.