Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 12-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputati ichimlik suvi muammosiga yechim topdi

11.03.2026
35

Qonliko‘l tumanidagi «Sari Oltin» OFY Begjap aholi punktida uzoq yillardan beri ichimlik suvi muammosi mavjud edi. Mazkur masala yuzasidan OʻzLiDePdan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Ametov tomonidan «Qoraqalpoq suv ta’minoti» AJning tuman bo‘limiga deputatlik so‘rovi kiritilgan.

Natijada hududda suv tarmoqlarini tortish ishlari boshlandi. Loyiha amalga oshirilishi orqali 175 ta xonadonda istiqomat qilayotgan 1200 nafardan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Tadbirda tuman hokimi va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, ishlarni tez va sifatli yakunlash muhimligini ta’kidladilar. Bu loyiha aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?