Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 05-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qoraqalpog‘istonda jamoatchilik eshituvi: xususiy tibbiyotni rivojlantirishdagi muammolar muhokama qilindi

04.03.2026
36

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida O‘zLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi. Yig‘ilishda fraksiya a’zolari, mahalliy hokimiyat vakillari va jamoatchilik ishtirok etdi, soha rivoji va mavjud muammolar muhokama qilindi.

Xususiy tibbiyot muassasalari soni 2020 yilda 235 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib 378 taga yetdi. Yangi klinikalar ishga tushirildi, 114 ta yangi ish o‘rni yaratildi, barcha klinikalar zamonaviy MRT, UZI va boshqa yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlanmoqda. Shu bilan birga, nogiron va kam ta’minlangan oilalar uchun bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda, “Ramazon” oyida bepul ko‘riklar tashkil etilmoqda.

Xususiy sektor va davlat hamkorligida Davlat tibbiy sug‘urtasi joriy qilindi, bu orqali aholiga kafolatlangan paket doirasida bepul xizmat ko‘rsatish imkoni paydo bo‘ldi. 2025 yilda sug‘urta jamg‘armasi tomonidan 1 979,7 mlrd so‘m, 2026 yilda esa 2 260,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, xorijiy investisiya va grantlar jalb qilinib, yangi tibbiyot muassasalari qurildi va zamonaviy uskunalar yetkazib berildi.

Jamoatchilik eshituvi davomida soha muammolari muhokama qilindi, takliflar kiritildi va ularni o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi. O‘zLiDeP fraksiyasi sog‘liqni saqlashda davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish masalalarini doimiy nazoratda ushlab boradi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?