Kichik sexdan yirik korxonaga: Ziyodaxon 100 nafar xotin-qizni band qildi
Andijon tumani “Jahonobod” mahallasida “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi o‘tkazildi. Unda “Zuhraxon Xoji Ona” oilaviy korxonasi rahbari Ziyodaxon Davronovaning faoliyati o‘rganildi. U 6 yil avval xonadonida kichik tikuvchilik sexini yo‘lga qo‘yib, bugungi kunda uni yirik korxonaga aylantirishga erishdi. Hozirda korxonada 100 nafardan ziyod xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlangan.
Korxonada tayyorlanayotgan futbolka va turli kiyim-kechaklar mahalliy bozorda xaridorgir bo‘lib, hatto Rossiyaga ham eksport qilinmoqda. Ziyodaxon kelgusida ishchilar sonini yanada oshirishni rejalashtirgan. Ushbu loyiha esa mahalladagi tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini kengaytirishga xizmat qilmoqda.