Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 19-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Urganchda kreativ yoshlar startap va innovasion loyihalarini namoyish etdi

17.02.2026
77

O'zLiDeP Urganch shahar Kengashi tashabbusi bilan "Najot Ta'lim" o‘quv markazida “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi. Unda yoshlar o‘z startap g‘oyalari, innovasion biznes loyihalari va ijodiy ishlanmalarini taqdim etib, zamonaviy tadbirkorlik muhitiga mos ko‘nikmalarini namoyon qildi.

Tadbir davomida deputatlar yosh tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlar, grant dasturlari va amaliy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot berdi. Yoshlar esa o‘zaro tajriba almashib, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va kelgusidagi qo‘shma loyihalarni rejalashtirish imkoniga ega bo‘ldi.

Shuningdek, robototexnika va IT yo‘nalishida zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, startaplarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, mentorlik tizimini joriy qilish hamda imkoniyati cheklangan va qishloq yoshlarini kreativ ta’limga keng jalb etish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?