Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 17-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP tashabbusi: “Yoshlar diplomatiyasi va yetakchilik” forumi yoshlar salohiyatini birlashtirdi

16.02.2026
107

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “Yoshlar diplomatiyasi va yetakchilik” mavzusida forum o‘tkazildi.

Unda partiya faollari, deputatlar va yoshlar ishtirok etdi. 

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda yoshlar masalasiga davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratib kelinadi. Yurtimiz yoshlarini qo‘llab-quvvatlash borasida Prezidentimizning ko‘plab farmon va qarorlari qabul qilinib, ular doirasida yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda 30 iyun — “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. Turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarimizni rag‘batlantirib borish maqsadida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro minbarlarda ham doim yoshlar masalasiga alohida urg‘u beradi. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida ham Prezidentimiz tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT konvensiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgan edi. 

Bu xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O‘zbekiston rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xalqaro terrorizm va esktremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi.

Tadbirda shu kabi tashabbuslar haqida to‘xtalib o‘tildi. Bugun yoshlar har jabhada faollik ko‘rsatishi uchun imkoniyatlar yetarli ekanligi, ular yurtimizdagi keng sharoitlardan samarali foydalangan holda o‘zlarini namoyon etishi lozimligi ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?