Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 19-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputat tashabbusi bilan “Samanbay”ga zamonaviy SIP kabellari tortildi

17.03.2026
94

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Alisher Djumanazarov tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘rganish va ularni joyida hal etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, hududlarda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida bir qator aholi punktlarida elektr ta’minoti yaxshilandi.
Jumladan, Nukus tumani “Samanbay” OFY hududidagi qator ovullarda elektr tarmoqlarini yangilash, yangi ustunlar o‘rnatish va zamonaviy SIP kabellari tortish ishlari amalga oshirilib, aholining barqaror elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlandi. Shuningdek, ayrim transformator punktlari 2026 yil dasturiga kiritilib, elektr ta’minotini yanada yaxshilash bo‘yicha rejali ishlar belgilab olindi.
Mazkur amaliy ishlar fuqarolar tomonidan ijobiy baholanib, minnatdorchilik bildirilmoqda. Deputatning saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning murojaatlariga amaliy yechim topishga qaratilgan faoliyati hududlarda infratuzilmani rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?