Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 19-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputati soliq qo‘mitasi raisiga zargarlik sohasidagi muammolar yuzasidan so‘rov yo‘lladi

18.03.2026
81

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Ravshan Fazilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Pulatovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va investisiyaviy muhitni yaxshilash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani qayd etilgan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda zargarlik sanoati jadal rivojlanib, minglab korxonalar tashkil etilgani va yangi ish o‘rinlari yaratilgani ta’kidlangan.

Shu bilan birga, deputat tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davomida soliq tizimidagi ayrim muammolar ularning e’tiroziga sabab bo‘layotganini bildirgan. Xususan, 2026 yildan QQS bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinishi hamda soliq bazasini aniqlashda yagona va aniq mexanizm yo‘qligi tadbirkorlar uchun qiyinchilik tug‘dirayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, amalda “Hunarmand” uyushmasi a’zolari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan soliq imtiyozlari to‘liq ishlamayotgani, ular ayrim hollarda mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashda davom etayotgani aytilgan.

So‘rovda mazkur muammolarni bartaraf etish, soliq hisob-kitoblarini soddalashtirish hamda tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha Soliq qo‘mitasidan asoslantirilgan tushuntirish berish so‘ralgan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?