Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 21-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputatlari ijtimoiy himoya tizimida shaffoflikni ta’minlash muhimligini ta’kidladi

20.02.2026
53

O'zLiDeP deputatlik guruhi ishtirokida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashida ijtimoiy himoya masalalariga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi. Unda aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va yangi ijtimoiy xizmat turlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, o‘tgan yildagi ishlar tahlili qilinar ekan, birgina nogironlikni belgilash tizimi raqamlashtirilib, murojaat qilish tartibi yengillashtirildi. Fuqarolar “Inson” markazlari, ijtimoiy xodimlar, my.gov.uz portali yoki oilaviy shifokorlar orqali murojaat qilishi mumkin. 2025 yilda 4 967 ta arizaning 4 783 tasi qanoatlantirilgan. Shu bilan birga, hujjatlardagi xatolar, ayrim joylarda tushuntirish ishlarining yetarli emasligi kabi muammolar ham mavjudligi aytildi.

Muhokamada deputatlar ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qator takliflar bildirdi. Jumladan, mahalla bilan hamkorlikni kuchaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun infratuzilmani yaxshilash, chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etish va aholiga yordam tayinlash mezonlari bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?