Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 11-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP tashabbusi: 200 nafar urgutlik xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

10.02.2026
109

Urgut tumanida O’zLiDePning “Salomatlik sari” loyihasi doirasida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Nargiza Abdulleva boshchiligida o‘tkazilgan tadbirda mahallalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda aholining tibbiy madaniyatini oshirish asosiy maqsad etib belgilandi.

Urgut tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli “Yangi ariq” oilaviy shifokor punktida Samarqand davlat tibbiyot universitetining malakali mutaxassislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi. Radiolog, kardiolog, akusher-ginekolog, oftalmolog, pediatr va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha shifokorlar tomonidan 200 nafardan ziyod fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur tibbiy tavsiyalar va yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, harakatlanish imkoniyati cheklangan fuqarolarning xonadonlariga borib tibbiy xizmat ko‘rsatilishi aholi uchun yanada qulaylik yaratdi. Bunday tadbirlar chekka hududlarda yashayotgan aholi qatlamiga sifatli tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda hayot sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?