Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 10-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yoshlar tashabbusiga keng yo‘l: “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi

09.02.2026
123

Toshkent shahar Kengashi Yoshlar muammolarini o‘rganish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda O‘zLiDeP Yakkasaroy tuman Kengashi tashabbusi bilan “Kreativ tadbirkor yoshlar” forumi tashkil etildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, partiya xodimlari, tadbirkorlar, yoshlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Forum doirasida ishtirokchilar “Imdi Baybi” tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishib, yoshlar va imkoniyati cheklangan yoshlar mehnati samaralarini ko‘rdilar. Shuningdek, “Dilbuloq” mahallasida “Kreativ g‘oyalar yarmarkasi” tashkil qilinib, startap loyihalar, IT ixtirolar va hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etildi.

Mahalla kutubxonasida “Book & Coffee Talks” formatida interaktiv muloqotlar o‘tkazilib, kitobxonlik va tajriba almashinuv muhiti yaratildi. Shu bilan birga, ishtirokchilar “Xorazm non” MCHJ faoliyati hamda 319-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan hunarmandlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Forumning yakuniy qismi “Wyndham Garden Tashkent” mehmonxonasida o‘tkazilib, unda deputatlar tomonidan yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar esa o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?