Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 14-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Xivadagi gilamdo‘z va kulolsoz xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi

13.03.2026
56

O‘zLiDeP tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Xorazm viloyatidagi bir qator mahallalarda tadbirkor xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi. O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Xiva shahrining “Angarik”, “Gazchi”, “Kalta minor” va “Sangar” mahallalarida amaliy uchrashuvlar o‘tkazilib, tadbirkor ayollar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida mahallalarda o‘z mehnati bilan namuna bo‘layotgan ishbilarmon ayollar faoliyati bilan tanishildi. Xususan, “Angarik” mahallasida 35 yildan buyon gilamdo‘zlik bilan shug‘ullanib kelayotgan Klara Ismailova o‘z hunari orqali ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. “Kalta minor” mahallasidagi “Xiva Dilnoza kulol” oilaviy korxonasi esa 40 turdan ortiq kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarib, 30 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlab kelmoqda. “Sangar” mahallasida tadbirkor Maqsuda Sobirova tomonidan tashkil etilgan “Xiva smart kids” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ham xotin-qizlar bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda. Bunday amaliy o‘rganishlar mahallalardagi ishbilarmon ayollarning tajribasini ommalashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?