Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 12-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP tashabbusi bilan mahallalarda ishbilarmon ayollar e’tirof etilmoqda

11.02.2026
75

Qarshi tumani Alishep Navoiy mahallasida bo‘lib o‘tgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” ko‘rik-tanlovi mahalladagi faol va tashabbuskor xotin-qizlarni birlashtirgan muhim loyihaga aylandi. O'zLiDeP Qashqadaryo viloyati “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudoyarova ishtirok etib, ayollar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini alohida ta’kidladi. Tanlov ishtirokchilari o‘z mehnati, izlanishi va ijtimoiy faolligi bilan boshqalarga namuna bo‘layotganini namoyon etdilar.

Ayniqsa, Lobar Ro‘zimurodovaning yutuqlari alohida e’tirof etildi. U 2019 yilda 4 sotix yer maydonida tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, zamonaviy uskunalar asosida ish boshladi. Bugungi kunda u “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlab, tikuvchilik sirlarini o‘rgatib kelmoqda. Hozirda 15 nafar ayol doimiy ish o‘rniga ega bo‘lib, o‘z oilasi farovonligiga hissa qo‘shmoqda.

Tanlov yakunida Lobar Ro‘zimurodova “Mahallaning ishbilarmon ayoli” deb topilishi uning mehnati va ijtimoiy mas’uliyatiga berilgan munosib bahodir. Loyiha ishtirokchilari esa o‘z yutuqlari, qat’iyati va tashabbuskorligi bilan mahallada ayollar iqtisodiy faolligini oshirishga katta hissa qo‘shmoqda. Bunday tashabbuslar nafaqat ishtirokchilar, balki butun mahalla hayotida yangi imkoniyatlar va ilhom manbaiga aylanmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?